RizaNovaUZ
6/20/2025
Mashhur Muhammad - Pul | Машхур Мухаммад - Пул
Videoklip jarayonida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan fuqaroga OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o’tish uchun testgacha va testdan keyingi maslahat sifatsiz o‘tkazilganligi, kasallikni kech aniqlanishi, o‘z vaqtida OITSga qarshi kurashish markazlarida daspanser nazoratga turmaganligi va davo choralari  ko‘rilmaganligi sababli, fuqaroning vafoti   hamda oilasining parokanda bo‘lishi kabi holatlar aks etgan.  
Bunday holatlarni oldini olish va oilada sog‘lom muxit yaratish maqsadida;  
 
OIV infeksiyasining profilaktikasiga amal qilinishi muhim!  
- Sog‘lom turmush tarziga,  shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari;  
- tasodifiy jinsiy aloqalardan saqlanishlari;  
- giyohvand moddalar iste’mol qilmasliklari;  
- o‘ziga nisbatan ishlatiladigan tibbiy va notibbiy aboblarning bir marotabaligi yoki zararsizlantirilganligiga e’tibor berishlari;  
- nikohgacha jinsiy aloqadan saqlanishlari;  
- nikohdan so‘ng umr yo‘ldoshiga vafodor bo‘lishlari muhim.  
- OIV infeksiyasi profilaktikasi uchun vaksina ishlab chiqilmagan !!!  
                           
Bilish muhim!!!  
- OIV infeksiyasi profilaktikasining yana bir muhim qismi bu-muloqotdan keyingi profilaktika (MKP) , bo‘lib:  
- agar Sizda, OIV infeksiyali va (yoki) statusi noma’lum shaxslar bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik  bo‘lsa,  
- noma’lum, ishlatilgan igna, shprislar teringizga kirib ketgan holatda  
72 soatdan kechiktirmasdan OITSga qarshi kurashish markazlariga murojaat qiling.  
Yakuniy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, shuni yodda tutish zarur!  
- OIV infeksiyasi tasdiqlangan fuqaro  (sir saqlangan holda) zudlik bilan doimiy yashash manzilidagi hududiy OITSga qarshi kurashish markazida dispanser nazoratiga olinib, belgilangan tartibda  OIVga qarshi dori vositalari  beriladi. Ushbu dori vositalari ta’sirida bemor organizmida viruslar soni kamayib, immunitet   oshadi va  OIV infeksiyasini o‘zidan boshqalarga yuqishini  oldi olinadi. Bemorni  hayot tarzi yaxshilanib, umri uzayadi.    
- OIV infeksiyali fuqarolar hududiy OITSga qarshi kurashish markazida shifokor tavsiyasiga amal qilib,  doimiy dispanser nazoratida kelishlari, OIV ga qarshi dori-vositalarini muntazam o‘z vaqtida qabul qilishlari, sog‘lom turmush tarziga va  shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari, himoyalangan  holda jinsiy hayot kechirishlari zarur.  
                           
OIV infeksiyasi 3 xil yo‘l bilan yuqadi:  
Qon orqali – zararsizlantirilmagan  tibbiy va notibbiy (tish cho‘tkasi,  soqol olish anjomi, teri qoplami butunligini buzib bajariladigan muolajalarda)  asboblardan foydalanilganda, OIV bilan zararlangan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, giyohvandlar  zararsizlantirilmagan shprislardan umumiy foydalanganda,  
Jinsiy yo‘li  - (himoyalanmagan  jinsiy aloqa orqali)  
Vertikal yo‘l - (OIVBYa onadan bolaga o‘tishi) – (homiladorlik davrida -yo‘ldosh orqali), tug‘ruq jarayonida (ona qoni orqali), ona suti orqali.  
OIV infeksiyasi odam organizmiga tushgandan so‘ng, yillar davomida odamning immun tizimiga sekin kirib borib, o‘zi bilmagan holda virusni boshqalarga yuqtirib yuradi.  
OIV davrining so‘nggi bosqichi OITS-Ortirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi (kasallikning o‘ziga xos klinik belgilari shakllangan) davriga o‘tadi.  
 
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan odamda  quyidagi dastlabki  belgilar paydo bo‘ladi:  
Sababsiz: -  tana haroratining ko‘tarilishi,  ich ketishi  (1oydan ortiq), yo‘tal  (1oydan ortiq), sababsiz tana vaznining 10%  dan ortiq ozishi, o‘mrov va qo‘ltiq osti sohasidagi limfa tugunlarining kattalashuvi.  
 
OIV infeksiyasi odam organizmida quyidagi biologik suyuqliklarda uchrayda:  
Qonda, jinsiy a’zo suyuqliklarida, ko‘krak sutida  
 
OIV qaysi holatlarda yuqmaydi?  
Qo‘l berib ko‘rishganda,  yo‘talganda, aksa urganda, telefon, basseyn, hammom, hojatxonadan, idish-tovoqlardan, kiyim-kechak va ko‘rpa-to‘shaklardan umumiy  foydalanilganda  
OIV infeksiyasi:   qaynatilganda  - 100 gradusda - 1-2 daqiqada halok bo‘ladi,  
0.5 % xlorli dezinfeksion vositalarda faolsizlanadi,  quritilganda 22  
gradusda 6 kungacha  saqlanadi, ultrabinafsha va quyosh nurlariga chidamsiz.  
 
RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps  
Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ​​​  
RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ​​​
🚀
🔔

DOT RED website with chillies.red domain is available on sale. Learn More, buy from Afternic  or offer at Sedo 

🔍
🗨️